Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi

25.09.2023, 16:23

Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi

Konimex tumani ma’naviyat va ma’rifat markazida partiya “Ayollar qanoti”ning  “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!” loyihasi doirasida “O’zbekiston-2030” strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qumitasi ma’sul xodimi O.Hamdamov, Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti apparat rahbari M.Eshniyozov, tuman Kengashi deputatlari, Ayollar qanoti faollari ishtirok etdi. 

Ushbu uchrashuvda so‘zga chiqqanlar “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdilar. Strategiyada xotin-qizlar masalasida ham qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tengligini ta’minlash siyosatini yanada davom ettirish, boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini yanada oshirish, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalarda aniq vazifalar ko‘zda tutilgan.

Tadbirda so‘ olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunlar, shuningdek, qator farmon va qarorlar ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar jamiyatda xotin-qizlarning nufuzini oshirish, ularning muammolarini bartaraf etish, o‘z hayotlaridan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qilayotganini alohida e’tirof etishdi. Ishonch bilan ayta olamizki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qabul qilingan “O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi har bir ayolning qalbida vatanga muhabbat, ertangi kunga ishonch va albatta bugungi hayotidan mamnunlik hissini tuyishiga sabab bo‘lishi shubhasizdir.

Q.Eshqorayeva,

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+