Deputatlar kasb-hunar maktabi yoshlari bilan muloqotda bo‘ldi

31.10.2023, 11:43

Deputatlar kasb-hunar maktabi yoshlari bilan muloqotda bo‘ldi

Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy sovodxonligini oshirishga qaratilgan qator islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu kabi keng ko‘lamli islohotlar zamirida avvalambor, yosh avlodni jamiyat hayotida siyosiy jihatdan faol, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, huquqiy madaniyati yuksak fuqaro sifatida tarbiyalash va shu orqali fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish va yuksaltirishdan iboratdir.

O’zLiDeP O’zbekiston tuman Kengashi tomonidan "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida 1-kasb hunar maktabida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xodjayeva, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika Universiteti Qo‘qon filiali Fizika -matematika fanlari doktori Foziljon Mamadaliyev, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Nafisaxon Nishonova va yoshlar ishtirok etdi.

Deputat tomonidan O’zLiDeP ning dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ib etilib yoshlarga tushuntirildi va partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, partiyaga a’zo bo‘lish tartiblari va Prezidentimizning "O’zbekiston -2030" strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yil to‘qqiz oyda qabul qilingan muhim qonunlarning mazmun - mohiyati hamda xozirda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari haqida tushuntirishlar berildi.

Deputat bilan yoshlarning jonli muloqoti davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, ba’zi takliflar va tashabbuslar ham ilgari surildi.

  • Ko'rildi
    97
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+