Buxorolik O`zLiDeP faollari hamisha peshqadamlar safida

02.11.2023, 17:09

Buxorolik O`zLiDeP faollari hamisha peshqadamlar safida

O`zLiDeP Buxoro viloyat tashkilotining oradan o‘tgan 20 yil ichidagi partiyaviy faoliyatiga xayolan bo‘lsa-da nazar tashlar ekanman, yurtimizdagi yetakchi siyosiy tuzilmaning dasturiy maqsad-vazifalari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashda buxorolik safdoshlarimizning ham o‘z o‘rni va ta’sirchan kuchi borligini yaqqol his etgandek bo‘laman. Aytmoqchimanki, mamlakatimizdagi biror–bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki davlat miqyosidagi muhim jarayon yo‘qki, bunda O`zLiDePchilarning o‘z so‘zi, g‘ayrat-shijoatga to‘la faoliyati butun bo‘y-basti bilan ko‘zga tashlanmagan bo‘lsin. Xususan, buxorolik partiya faollarining bu boradagi tinimsiz va izchil faoliyati bundan oldin ham bo‘lganidek, ayniqsa joriy 2023 yilda yaqqol namoyon bo‘ldi. Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqealarga boy bo‘lgan ushbu yilda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ham, qolaversa, shundan keyingi Referendum jarayoni hamda muddatidan ilgari o‘tkazilgan Prezident sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilganligi va uni uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi ham viloyat partiya tashkiloti mas’ullari va barcha faollaridan alohida g‘ayrat, intellektual salohiyat, boy tajriba, chuqur bilim va tashkilotchilik bilan qizg‘in ish olib borishni, mustahkam e’tiqod va partiyaviy sobitqadamlik bilan belgilangan barcha tadbirlarni O`zLiDeP Siyosiy Kengashi ko‘rsatmalari va tavsiyalari asosida talab darajasida amalga oshirishni taqozo etardi. Amalda shunday bo‘ldi ham. Referendum oldi tadbirlari ham, Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan barcha shahar va tumanlarda uyushqoqlik bilan tashkil etilgan saylovoldi uchrashuvlar ham partiya elektorati vakillari, viloyat, shahar va tuman Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, MFYlar faollari va yoshlar yetakchilari qizg‘in bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘rinli taklif va istaklarini ilgari surdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga buxorolik partiya a’zolari tomonidan 200 dan ziyod takliflar berildi. Shu tariqa Yangilangan Konstitutsiyada bu takliflar ma’lum ma’noda o‘z ifodasini topdi.

Joriy yilning 20 iyun kuni Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan o‘tkazgan esda qolarli uchrashuvida esa barcha yurtdoshlarimiz ko‘hna va hamisha navqiron Buxoroning ertangi va yaqin kelajakdagi yorug‘ kunlari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishining nurli manzillarini aniq his etdilar. Binobarin, nomzodning saylovoldi dasturidagi aynan Buxoroga taaluqli pirovard reja-vazifalari ijrosini ta’minlashga hissa qo‘shish ushbu tabarruk zaminda umrguzaronlik qilayotgan har bir kishining, jumladan, O`zLiDeP faollarining ham qalb da’vati va vijdon burchiga aylangandek edi guyo.

Partiya saflarining vaqt o‘tgan sayin tobora kengayib borayotganligi ushbu istiqbolli reja hamda vazifalarni o‘z vaqtida uddalash imkonini berishi shubhasiz. Buni quyidagi raqam va dalillardan ham bilib olish qiyin emas. Masalan, 2004 yilning 1 yanvar holatida viloyat bo‘yicha partiya a’zolari soni 7507 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilning hozirgi davriga qadar 87096 nafar O`zLiDeP a’zolari ro‘yxatga olingan. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni esa aytib o‘tilgan davrga mos ravishda 341 tadan 861 taga yetkazilgan. Faol partiya a’zolari orasida elektoratning asosiy qismini tashkil etadigan tadbirkorlar, fermerlar, kichik va o‘rta biznes vakillarining ham borligi e’tiborga molikdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda ushbu soha vakillari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, belgilangan imtiyoz va preferensiyalar tufayli viloyatning Buxoro shahri, G’ijduvon, Romitan, Jondor, Shofirkon, Vobkent va boshqa bir qator tumanlarida partiya faollari va mahalliy Kengash deputatlari sa’y-harakati bilan tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishda kutilgan natijalarga erishilmoqda.

Mamlakatimiz siyosiy sahnasida o‘z o‘rni, obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan O`zLiDePning 20 yilligini munosib kutib olishga Buxorodek muqaddas zaminda ham qizg‘in hozirlik ko‘rilayotgan shu kunlarda va bundan keyin ham barcha maslakdoshlarimiz ongu-shuuri va qalbini eng ezgu maqsad va tilaklar aslo tark etmasin deymiz.

Obidjon Xamidov,

O`zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+