Tuman mutasaddi rahbarlari o‘tgan yilgi anomal sovuqdan tegishli saboq chiqarishgan

02.11.2023, 17:11

Tuman mutasaddi rahbarlari o‘tgan yilgi anomal sovuqdan tegishli saboq chiqarishgan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova va partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari G’allaorol tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganmoqdalar.

Ayni paytda tumanda 91 ta umumta’lim maktablari faoliyat olib bormoqda. Ularda tahsil olayotgan 33216 nafar o‘quvchiga 3330 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Tumanda faoliyat olib borayotgan 16 ta davlat, 10 ta davlat xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat, 240 ta  davlat xususiy sheriklik  shaklidagi oilaviy nodavlat bog‘chalarga jami 12248 nafar kichkintoylar qamrab olingan.

O’rganishlar jaryonida ishchi guruh a’zolari, mazkur ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq barcha jihatlarga e’tibor qaratmoqdalar.

Umuman olganda tuman maorifchilari o‘tgan yilgi anomal sovuqlar chog‘idagi achchiq tajribadan tegishli saboq chiqarishgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mavjud juz’iy kamchiliklar esa, hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda shu joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, xalq noibi va partiya faollari soha vakillari, iqtidorli  o‘quvchilar bilan  bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularning fikr mulohazalri va takliflarini ham  umumlashtirmoqdalar.

Jamshid Mamarasulov, 

O’zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi apparat rahbari

 

  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+