Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi

10.11.2023, 15:58

Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi

Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llanish, suv tanqisligi va ekologik xavf-xatarga qarshi kurashish davlatlar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hamkorlik hamda bir-biriga iqtisodiy ko‘mak berishni taqazo etadi. Aynan O’zbekiston shunday yo‘lni tanlagan va yaqin qo‘shnilar bilan barcha sohalarda hamkorlikn yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari bugungi dunyoda bo‘layotgan ziddiyatlar, urush, o‘zaro kelishmovchiliklar ham davlatlarni aql bilan ish tutib, barcha masalalarni hamkorlikda hal etishni talab etmoqda. Shu jihatdan Toshkent shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitining ahamiyati nihoyatda katta.

Davlatimiz rahbari sammitda so‘zlagan nutqida iqlim bilan bog‘liq xatarlar ortib borayotgani munosabati bilan unga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdi. 2024 yilda bo‘lajak Samarqand iqlim forumi doirasida Ekologiya masalalari bo‘yicha yuqori darajali platformaning birinchi anjumanini o‘tkazishni taklif qildi.

Sayyohlik sohasida hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatni va transchegaraviy yo‘nalishlar tobora ommalashayotganini hisobga olib, qo‘shma turistik marshrutlarni joriy etish hamda “Ipak yo‘li” sayyohlik brendi ostida umumiy sayyohlik dasturlarini ko‘paytirish masallari ham muhokama qilindi. Shuningdek, anjumanda IHT Kotibiyati huzurida a’zo mamlakatlarning turizm ma’muriyatlari va yetakchi ekspertlardan iborat Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasini tashkil etish hamda uning ilk uchrashuvini tashkilotning turizm poytaxti deb e’lon qilingan Shahrisabz shahrida o‘tkazish taklifi bildirildi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda yashoyotgan xalqdar o‘rtasidagi o‘zaro bordi-keldi, madaniy aloqalar, do‘stlik, qardoshlik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha ham kelishib olindi. Xalqlarini yanada yaqinlashtirishda madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishning ahamiyatini qayd etib, O’zbekiston Prezidenti har yili madaniyat, san’at va kino haftaliklarini o‘tkazib borish, yoshlarning ijodiy festivallari va innovatsion hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish, fundamental ilmiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masallariga e’tibor qaratdi.

Sammit har jihatdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning ahamiyati shundan iboratki, Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, hamkorlik va o‘zaro sheriklik yanada mustahkamlandi. Sodda qilib aytganda, O’zbekistonning iqtisodiy imkoniyalari yanada kengaydi. Qolaversa IHTga a’o davlatlar xalqlari bilan do‘stlik va madaniyma’rifiy tajriba almashishlar, bordi-keldilar yanada mustahkamlandi. Bu esa albatta, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Mavluda Ibragimova,

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+