Deputat xayriya tadbirlarini Piskentdan boshladi

01.12.2023, 15:16

Deputat xayriya tadbirlarini Piskentdan boshladi

3 dekabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga binoan Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan sana.

Mazkur sana yurtimizda ham keng nishonlanadi va bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bo‘lgan, imkoniyati cheklangan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O’zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularni har tomonla qo‘llab-quvvatlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati har yili ushbu sana doiraisda muntazam tashkillashtiradigan xayriya tadbirlarini Piskent tumanidan boshladi.

Xayriya tadbirida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak, O’zLiDeP Piskent tuman Kengashi apparat rahbari Zaynab Maxmudova, “Inson” markazi direktori A.Asqarov hamda hududda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchisi va tashabbuskori bo‘lgan deputat dastlab, tumanda istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Kim Stanislav xonadonida bo‘lib, og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlangan bemor holidan xabar olishdi. Unga dalda beruvchi, hayotga undovchi tilaklar aytib, unga harakatlanishida zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi xadya etildi.

Shundan so‘ng tuman markazidagi shinam go‘shada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va homiylar bilan birgalikda tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etgan deputat Viktor Pak tadbirga jamlangan imkoniyati cheklangan fuqarolarga hayotiy va tibbiy ehtiyojlari uchun kerakli bo‘lgan maxsus nogironlik aravachasi, ko‘zi ojizlarga xassa, tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lganlarga yurish moslamalari, reanimatsion tuvak hamda boshqa turdagi zaruriy anjomlarni ulashdi.

Tadbir so‘nggida bugungi tinch va osoyishta hayotga shukronalik bilan yurtimizning farovon kelajagi uchun duoga qo‘l ochildi.

Davronbek Kamoliddinov,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    112
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+