Jizzaxda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

26.12.2023, 12:39

Jizzaxda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

       Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi qoshida  “O’zbekiston – 2030” strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari turli sohalarda o‘rganishlarni davom ettirmoqda.

         Ishchi guruh a’zolari viloyatda 34-maqsadda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandilar. O’rganishlar jarayonida yoshlar bilan yaqindan muloqot tashkil qilinmoqda. Ularning fikr mulohazalari, takliflari umumlashtirilmoqda.

         - Ma’lumki, “O’zbekiston 2030” strategiyasining  “ Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish”  yo‘nalishida  yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish maqsadida, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish, sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalarini barpo etish kabi masalallar belgilangan, deydi ishchi guruh a’zosi, faol deputatlardan biri G’anisher Avalboyev. – O’rganishlarimiz jarayonida ushbu masalalar diqqat markazimizda bo‘lmoqda. Yaratilgan sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklarni esa aynan yoshlarning o‘zlari yaxshi bilishgani sababli, har safar ular bilan yaqindan muloqot qilishga urinmoqdamiz.

         Jizzax viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tgan o‘rganishlar jarayonida ham bu an’ana davom ettirildi.

         Yoshlar siyosati va sport ishlari  boshqarmasi tomonidan ishchi guruh a’zolariga berilgan ma’lumotlarga qaraganda, viloyatda faoliyat olib borayotgan  19 ta sport yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida 21088 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Viloyatda 554 ta umumta’lim maktablari bo‘lib, ularda tahsil olayotgan 192 mingdan ortiq o‘quvchilar turli xil sport to‘garaklariga jalb qilingan. Viloyatda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Hududlarda 182 ta sun’iy qoplamali futbol maydonlari bunyod etilgan bo‘lib, ularda kuniga 7 mingdan ortiq yoshlar o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. 41 ta sport tranejyor zallari ham kuniga 2 mingga ortiq yoshlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Qolaversa, har bir qishloqda, mahallalarda tadbirkorlar tomonidan bunyod etilayotgan xususiy sport inshootlari ham kun sayin ko‘payib bormoqda. Yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda har bir mahallada, har bir umumta’lim maktablaridagi o‘yingoh va sport inshootlaridan unumli foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanab olingan.

O’rganishlar jarayonida viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida  yoshlar bilan yaqindan muloqot tashkil qilindi.  Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan barcha fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirildi. Bu kabi muloqotlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Sirojiddin Ahmatov,

O’zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri,

ishchi guruh a’zosi

  

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+