Davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi

06.01.2024, 10:01

Davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi

Prezidentimizning O’zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini navqiron avlodning barcha vakillari, xususan yosh tadbirkorlar qatori men ham alohida mamnuniyat bilan tinglab, o‘z xizmat vazifalarim va partiyaviy faoliyatimdan kelib chiqqan holda navbatdagi reja - vazifalarimni belgilab oldim.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tabrigidagi “Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz.
Ilm - fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni,  “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz” degan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash zamirida bevosita yoshlarimizga, ularning bugungi va kelgusidagi orzu - umidlarini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan real say’ - harakatlar mujassam ekanligini bilib olish qiyin emas. Qolaversa, mamlakatimizda yoshlar masalasiga doimiy e’tibor yanada kuchayib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganligini davlatimiz rahbari tabrigida aniq va teran anglasa bo‘ladi.

2024 yilga “Yoshlar va biznesni qo‘llab - quvvatlash yili” deb nom berilishi yoshlar – davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi ekanligining amaldagi tasdig‘idir. Bu esa zimmamizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

Sherzod Ahadov,

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Yoshlar va

biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+