Aholi bilan muloqotlar samarali bo‘lmoqda

26.01.2024, 10:39

Aholi bilan muloqotlar samarali bo‘lmoqda

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Xususan, deputat Durbek Ahmedovning Toshkent shahri Uchtepa tumanida saylovchilar bilan muloqotlari ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

Deputat xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati Anvar Musayev bilan birgalikda hududdagi “Hamdo‘st” va “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, bu yerda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan yaqindan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan bir qator masalalarga tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda yechim topildi.

Mazkur uchrashuvlar davomida deputat 194-sonli umumtalim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchi yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi.

Shuningdek, Uchtepa tumanida faoliyat olib borayotgan bir qator tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishib, ularga yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, biznes vakillariga yaratilayotgan sharoitlar haqida kengroq ma’lumotlar berdi.

  • Ko'rildi
    53
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+