Partiya ishchi guruhi: Buvayda tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi

26.01.2024, 11:49

Partiya ishchi guruhi: Buvayda tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar shakllantirildi. Unga muvofiq, bir qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Ishchi guruh vakillari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish hamda Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Ibragimova uchrashuvlari davomida Buvayda tumanidagi 21-oilaviy poliklinikada bo‘lib, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, onalar va bolalar o‘limini keskin qisqartirish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Joylardagi mavjud muammolar aniqlanib, ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+