Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ta’lim sohasidagi ishlar holati tahlil qilindi

26.01.2024, 16:19

Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ta’lim sohasidagi ishlar holati tahlil qilindi

Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchili palatasi deputati G’ayrat Abdiyev, O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi vakillari, shifokorlar va hamshiralar, partiya faollari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Samarqand tumanidagi mazkur tibbiyot birlashmasida 270 ming aholiga statsionar sharoitida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shoshilinch, rejali jarroxlik, tug‘ruq, ginekologiya, bolalar, anesteziologiya va reanimatsiya, yuqumli kasalliklar, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, terapiya va 62 ta o‘ringa ega bo‘lgan reabilitatsiya bo‘limlari aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda, jami o‘rinlar soni 450 o‘rini tashkil qiladi.

Tumanda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 4 ta oilaviy poliklinikalar va 8 ta oilaviy shifokorlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tibbiyot birlashmasida jami 2690 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, ularning 366 nafari shifokor, 1842 nafari o‘rta tibbiy xodimlari va 481 nafari boshqa xodimlardan iborat.

2023 yil davomida jami 6815 nafar xomilador ayollar xisobga olingan bo‘lib, shundan 5 992 nafari perenatal skriningdar o‘tkazilgan. Skrining natijasida 218 nafar xomilada nuqson aniqlanib xomiladorlik to‘xtatilgan va 6559 nafar tug‘ruq sodir bo‘lgan bo‘lib yil davomida onalar o‘limi, erta tug‘riq qayd etilmagan.

Tadbirda mazkur qilingan ishlar e’tirof etildi, o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklar ro‘y-rost aytib o‘tildi. Deputatga shifokorlar tomonidan ham qator takliflar va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchili palatasi deputati G’ayrat Abdiyev tumandagi “Rovanak” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari va mahalla faollari bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvlar davomida deputat ta’lim muassasasida o‘quvchi yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi va  “O’zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning salmoqli o‘rni va deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan qonun loyihalariga yoshlar takliflarini olish tizimini shakllantirish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+