Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi
24.02.2024, 12:22
Izboskan tumani Botirobod mahallasida “Namunali tamorqachi ayol - farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida ishsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi tashkil qilindi.
Tadbirda partiya tuman Kengashi apparat rahbari, “Ayollar qanoti ” guruhi yetakchisi Z.Xaydarova, Botirobod mahallasi xotin-qizlar faoli Umidaxon Qambarova, oilaviy korxona egasi Nasibaxon Mamadaliyeva hamda mahalladagi ishsiz xotin-qizlar qatnashdilar.
Unda Z.Xaydarova partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, “Ayollar qanoti” loyihalari, shaxsiy tomorqa yerlaridan unumli foydalanish haqida gapirib o‘tdi. Oilaviy korxona rahbari Nasibaxon Mamadaliyeva 26 yildan beri o‘z tomorqasida gulchilik bilan shug‘ullanib keladi. U o‘simliklar olami va gullarga mehr qo‘yganligi bois, yilning to‘rt faslida ham gullar parvarishi hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Tadbirkor ayol xonadonida gullarning o‘sib-ko‘payib, chiroy ochishini, o‘zgalarga zavq-shavq berishini istaydi. Shu bois, o‘z shaxsiy tomorqasining har bir qarich yeridan unumli foydalanib, issiqxona qurib, gulxonaga aylantirgan.
Oilaviy tadbirkor Nasibaxon opa xonadonida o‘tkazilgan mahorat darsida Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etib, gul o‘stirish sir-asrorlarini o‘rgandilar.
- Gulchilik, bu g‘oyat nozik, alohida mehr va e’tibor talab etadigan ish. Har bir gulga o‘zgacha parvarish va qarov zarur. Buning sirini bilmasangiz, u o‘smaydi. O’zim uyda bo‘lmagan chog‘imda ham gullarim haqida o‘ylab, qayg‘uraman. Mana, 6 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanaman. Bu ham bir hunar. Men bu soha bo‘yicha butun qishloqdoshlarimga gul ulashib, hunarimni o‘rgatib kelaman. Issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanib, yiliga 40 mln so‘mdan ziyod foyda olayapman, - dedi tadbirkor ayol Nasibaxon opa.
Mahorat darsida mahalladagi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash, ularni gulchilik faoliyatiga yo‘naltirishga e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari gulchilik yo‘nalishi bo‘yicha barcha bilimlarni oldilar.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring