Tadbirkorlar  qo‘llab-quvvatlanadi

28.03.2024, 17:16

Tadbirkorlar  qo‘llab-quvvatlanadi

Prezidentimizning Namanganga bu safargi tashriflari ham juda mazmunli o‘tdi. Ayniqsa, iftorlik dasturxoni atrofida bildirilgan ezgu tilaklar viloyatimiz ahlida katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, yurtimiz tinch, xalqimiz osuda hayot kechirayotganligining o‘zi bebaho neʼmat, buning qadriga yetishimiz, shukrona keltirishimiz kerak.

Davlatimiz rahbari viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiy islohotlarni, maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdilar. Bunda ayniqsa, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, yerdan, suvdan unumli foydalanish zarurligiga alohida eʼtiborni qaratdilar. Sayxunobod tajribasi asosida to‘rt ming xonadonni tanlab olib ularga gulchilik, asalarichilik, chorvachilik kabi  yo‘nalishlarda tadbirkorlikni boshlab olishlariga texnika, urug‘, kredit masalalarida  amaliy ko‘mak berish bo‘yicha topshiriqlar berdilar. Shu yo‘l bilan bosqichma-bosqich o‘ttiz besh ming kishini ish bilan taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga erishiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida mevani qayta ishlash korxonalarini bunyod etish, tayyor mahsulotlpr eksporti hajmini ko‘paytirish yuzasidan loyihalar ishga tushirilishi taʼkidlab o‘tildi.

Partiyamizning viloyatdagi faollari, deputatlar ishtirokida davlatimiz rahbarining Namangan faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqdik.

Bu borada deputatlarimiz, faollarimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadilar va Namanganning, Yangi O‘zbekistonning ravnaqiga  munosib hissalarini qo‘shadilar.

Solijon MUMINOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+