O‘zLiDeP fraksiyasida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi

17.05.2018, 15:00

O‘zLiDeP fraksiyasida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi

17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga daxldor bo‘lgan muhim masalalar va qonun loyihalari atroflicha muhokama qilindi.

Fraksiya yig‘ilishida, dastavval deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan «Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori mazmun va mohiyatiga e’tibor qaratdilar.

Darhaqiqat, ustav fondida davlat ulushi ustuvor bo‘lgan davlat korxonalarini boshqarish jarayonida davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining ishtiroki, ularda moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanilmayotganligi, shuningdek boshqaruv tizimi shaffof emasligi bois, bunday korxonalarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini har tomonlama tahlil qilishning yoki u bajarayotgan vazifa va funksiyalarning ijrosini samarali nazorat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan.

Shundan kelib chiqqan holda, Qarorda yurt ravnaqi yo‘lida davlat korxonalarini transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishning xalqaro tajribasi asosida davlat aktivlarining qiymatini ko‘rib chiqish va ularni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan
2018-2020 yillarda ustav fondida davlat ulushi ustuvor bo‘lgan davlat korxonalari va boshqa yuridik shaxslarni transformatsiya qilish dasturini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Qaror asosida bunday korxonalarda tom ma’nodagi korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, ularning faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish, davlat korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini, jumladan, tegishli tarmoqlar bo‘yicha yetakchi xorijiy korporatsiyalar bilan tajriba almashinishni tashkil etish orqali rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan shuningdek, dasturning amal qilishi va u tatbiq etilishi lozim bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, yirik shahar tashkil etuvchi kombinatlari va boshqa davlat kompaniyalari belgilab qo‘yilgan.

Fraksiya a’zolari mazkur Qarordan kelib chiqadigan galdagi vazifalarni belgilab oldilar, shuningdek uning ijrosiga mas’ul bo‘lgan Davlat raqobat qo‘mitasi, moliya va adliya vazirliklari va boshqa manfaatdor idoralarga tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi va taqdim etilishi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Shundan so‘ng, deputatlar bir guruh O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan va bevosita qonunchilik jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish va ovoz berish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildilar.

Qonunchilik tashabbusining asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi va Qonunchilik muammolari hamda parlament tadqiqotlari instituti tomonidan imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘rsidagi memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutning qonun loyihalarini ko‘rib chiqish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlari natijalari yotibdi.

Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, ikkinchi o‘qishda qonun loyihalari bo‘yicha ovoz berish moddama-modda muhokamalar o‘tkazish amaliyotini birmuncha takomillashtirish taklif etilmoqda, chunonchi loyihalar avvalo, qonun moddalari fraksiyalarda va qo‘mitalarda shakllangan yakdil fikr asosida umumiy majlislarda ovozga qo‘yilishini nazarda tutuvchi normani mustahkamlash taklif etilmoqda.

Aksariyat xorijiy davlatlarda, xususan, Fransiya, Kanada, Portugaliya, Janubiy Koreya, Turkiya parlamentlari reglamentlarida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda nafaqat moddama-modda, balki bobma-bob yoki bo‘limlar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkinligi mustahkamlab qo‘yilgan. Yig‘ilishda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolarining mazkur qonunchilik tashabbusi ma’qullandi.

Deputatlar, shuningdek yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalarini ham muhokama qildilar va ma’qulladilar

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олимжон Эргашев Фориш туман кенгаши депутати,O‘zLiDeP депутатлик гурухи2018-05-19 19:24:17

Давлатимиз рахбарининг «Давлат активларини бошқариш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори ўз вақтида қабул қилинди.Ушбу Қарорни ва Қонун лойихаларини Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги O‘zLiDeP фракциясининг йиғилишида мухокама қилиниши юртимизда қарорлар ижроси таъминланишида самарали бўлиб давлатимиз ривожланишида ўз ўрнига эга.


Б.Хаитбоев УзЛиДеП Шовот туман Кенгаши раиси ўринбосари2018-05-18 10:58:44

O‘zLiDeP фракциясининг навбатдаги йиғилишида мамлакатимизнинг ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий ҳаётига дахлдор бўлган муҳим масалалар ва қонун лойиҳалари атрофлича муҳокама қилингани ва келгусида уларнинг ижросини назорат қилиш, изчилликда олиб борилаётган ишлар самарали сиёсат гарови.


O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-05-17 19:11:07

O‘zLiDeP фракцияси аъзоларининг мазкур қонунчилик ташаббуси мамлакатимизнинг ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий ҳаётига дахлдор бўлган муҳим қонунлар қабул қилинишини таъминлайди. Президентимизнинг «Давлат активларини бошқариш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори билан ривожланган давлатлар тажрибасидан келиб чиқиб давлат корхоналарида корпоратив бошқарув тизимини жорий этилади, уларни бошқаришда шаффофлик йўлга қўйилади, корхоналарнинг молиявий ва хўжалик фаолиятини ҳар томонлама таҳлил қилишнинг ёки у бажараётган вазифа ва функцияларнинг ижросини самарали назорат қилишга эришилади.


Қосимжон Шопўлатов Хатирчи туман бўлими аппарат рахбари ,туман Кенгаши депутати2018-05-17 16:28:54

Ўзбекистон Республикаси Президентининг яқинда қабул қилинган «Давлат активларини бошқариш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори бундан буён став фондида давлат улуши устувор бўлган давлат корхоналарини бошқариш жараёнида давлат бошқаруви органлари раҳбарларининг иштироки, уларда моддий-техника, молиявий ва меҳнат ресурсларидан оқилона фойдаланиш бошқарув тизими шаффоф булишига олиб келади.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-17 16:27:12

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги O‘zLiDeP фракциясининг навбатдаги йиғилишида мамлакатимизнинг ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий ҳаётига дахлдор бўлган муҳим масалалар ва қонун лойиҳалари атрофлича муҳокама қилиниб ва масалалар юзасидан фракциянинг тегишли қарорлар қабул қилинганлиги бу мамлакатимизни ривожланишига янада катта ҳиссасини қўшади


Қобил Астонов O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ташкилий-партиявий ишлар бўлими мудири2018-05-17 15:54:26

Ўзбекистон Республикаси Президентининг яқинда қабул қилинган «Давлат активларини бошқариш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори давлат улуши бор давлат корхоналарининг моддий-техника, молиявий ва меҳнат ресурсларидан оқилона фойдаланиши, шунингдек бошқарув тизими шаффофлигини таъминлашга, бундай корхоналарнинг молиявий ва хўжалик фаолиятини ҳар томонлама таҳлил қилишга ёки у бажараётган вазифа ва функцияларнинг ижросини самарали назорат қилишга замин яратади.


Fikringizni qoldiring

+