O‘zLiDeP: nodavlat ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini kengaytirish asosiy vazifamiz

24.09.2017, 19:13

O‘zLiDeP: nodavlat ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini kengaytirish asosiy vazifamiz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Prezidentimizning 2017 yil 15 sentyabrda qabul qilingan “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, bu borada O‘zLiDeP oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, ta’lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta’lim berishni yangi sifat darajasiga ko‘tarish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Qolaversa, mazkur masala bevosita partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga ham hamohangdir. Binobarin, dasturda maktabgacha va oliy ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ko‘maklashish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasini xususiy sektordagi ulushini kengaytirish shular jumlasidandir.

Davra suhbatida ishtirokchilar ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda mamlakatimizda nodavlat ta’lim muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Odinaxon Jamoldinova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi:

—Mamlakatimizda no­davlat ta’lim faoliyati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunga asosan li­tsenziyalanadigan faoliyat sirasiga kiradi. Bugungi kunda yurtimizda 43 ta nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi tegishli litsenziyaga ega. Xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, nodavlat ta’lim faoliyati­ bilan nafaqat ixtisoslashtirilgan muassasalar, balki boshqa tashkiliy-hu­qu­qiy shakllarga mansub yuri­dik shaxslar: xususiy korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, ­aksiyadorlik jamiyatlari, fond­lar, birlashmalar va bosh­qalar ham shug‘ul­lanishadi.­ Xususan, Fransiyada nodavlat ta’lim faoliyati­ bilan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy tadbirkorlar, turli kompaniyalar, Yaponiyada esa tijorat­ birlashmalari, tadbirkorlar va boshqa xususiy shaxslar shug‘ullanishadi. Germaniyada ushbu soha sub’­ektlarining katta qismini oilaviy korxonalar tashkil etadi. Ko‘rib o‘tilganidek, rivoj­lan­gan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta’lim ­muassasalarining ta’lim tizimidagi o‘rni ham salmoqlidir.

Davra suhbati qatnashchilari Prezidentimizning “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini partiya elektoratiga yetkazish va joylarda ijrosini ta’minlash yuzasidan ham fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Shohida Mirzayeva, “KidssportPlaza” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari:

 —Mazkur qarorni ishbilarmonlar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, qaror nodavlat ta’lim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar ta’lim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega bo‘lishi, yoshlarga munosib ta’lim-tarbiya berish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga oladigan malakali xususiy tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Qolaversa, mazkur qaror bilan nodavlat ta’lim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish hamda avval ajratilgan kreditlar muddatini uzaytirish, ta’lim va unga tegishli xizmatlar bo‘yicha barcha soliq turlari to‘lovlaridan 2021 yilgacha ozod etilayotgani shu sohada ish boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun keng imtiyozlarni taqdim etmoqda.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yurtimizda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilinganligini ham alohida qayd etishdi. Unga ko‘ra davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50 yil muddatga beg‘araz ajratilib, soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. 

Amaliy muloqotlarga boy bo‘lgan tadbirda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatidagi dolzarb masalalar, maktabgacha ta’limning xususiy sektoridagi muammolari hamda mazkur soha faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokama etildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Davra suhbati yakunida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan qarorning joylarda ijrosini ta’minlash, sohani yanada rivojlantirishda tadbirkor va ishbilarmonlarning ulushini oshirish, eng asosiysi ta’lim tizimini davr talablaridan kelib chiqib, yangi bosqichga olib chiqishda O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining faolligini oshirish, qat’iy, ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    2537
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Х.Раманов-БПТ раиси Тўрткўл тумани2018-05-15 15:24:43

Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан иккинчи жахон уруши қатнашчиларига беш миллион сўм миқдорида бир йўла пул мукофоти берилганлиги тахсинга лойиқ.


Азамат Холиков O‘zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-15 13:48:46

Халқимизнинг қадр-қиммати, ор-номусини, миллий анъаналаримиз ва урф-одатларимизни ҳимоя қилишда, босқинчи ва ёвуз кучларга қарши машаққатли курашларда букилмас ирода ва жасорат намунасини амалда намоён этиб, бугунги тинч ва осойишта кунлар учун жонини фидо қилган аждодларимизнинг муқаддас хотирасини ёд этиб, эзгу ишларини давом эттириш – бизга тинчлик, омонлик керак, деб яшайдиган бағрикенг халқимизга хос азалий қадриятдир.


Абдцрахмонова Фотима Махмудовна Учкуприк туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-15 13:26:37

Хотира ва кадрлаш куни Улуг Ватан уруши катнашчиларидан хабар олинди ва Ватан учун жонини берган,хозирги тинчлигимизнинг сабабчилари булган ватандошларимиз хотирланди. Уларни мангу хотирамизда саклаймиз ва келажак авлодни шукроналик билан яшашга ургатамиз.


Яккасарой туман Кенгаши. Н.файзиева2018-05-12 14:29:52

9 май Иккинчи жаҳон урушида Германия устидан Совет иттифоқи ғалаба қозонган кун. Ушбу байрам дунёнинг кўплаб мамлакатларида ҳарбий парад, мушакбозлик ва халқ сайллари билан кутиб олинади. Уруш қаҳрамонларига ҳурмат ва эътибор кўрсатилади. Ўзбекистонда 9 май хотира ва қадрлаш куни билан хаммани табриклайман


Яккасарой туман Кенгаши. Б.Зиярходжаев2018-05-12 14:28:39

9-may kuni butun O'zbekiston bo'ylab Xotira va qadrlash kuni – yorug' qayg'u, ehtirom va chuqur minnatdorlik bayrami nishonlanadi. O'zbekiston aholisi 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining barcha guvohlari – faxriylar, ishtirokchilar va front orti mehntakashlariga o'z hurmatini bildiradi.


Яккасарой туман Кенгаши. У.Юлдашева2018-05-12 14:25:56

Тошкент шаҳрида ва туманларида бўлиб ўтган байрам тадбирлари кўплаб буви ва буважонларимизга қалбига қувонч улашди. Уларнинг дуоларини олиб, яхши ниятларига сазовор бўлганимиздан эса ҳар биримиз кувондик.


Яккасарой туман Кенгаши, М.Аслонов2018-05-12 14:24:30

Юртбошимиз айтганларидек, юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, мустақиллигимиз абадий бўлсин азиз дўстлар


Яккасарой туман, Д. Норматова2018-05-12 14:23:31

Ғалаба барйрами хаммамизга муборак бўлсин


А.Рахмонов- O'zLiDeP Ўзбекистон тумани аппарат рахбари 2018-05-11 18:11:46

Президентимиз томонидан 9 май — Хотира ва Қадрлаш кунида Иккинчи жаҳон урушида фашизм устидан қозонилган ғалабанинг 73 йиллигига бағишлаб ўтказилаётган тадбирлар келажак авлодга ўрнак бўлади деб ўйлайман.


хаётхон кучкарова Халк депутатлари Сергели туман Кенгаши депутати2018-05-11 15:04:19

мотамсаро она пойига ўз партиядошларим билан гулчамбар қўйиш маросимида қатнашдим, ҳиссиётларим чексиз, у ерда сукут сақлаб туриш, қанчадан-қанча онахону, опа -сингилларимизни оталари, оғалари, ўғил ва ёрларини йўқотганлари бир он бўлса ҳам тасаввур қилиш нақадар оғирлигини ҳис этиш қийин экан.


Fikringizni qoldiring

+