Deputat mahalla aholisining muammolarini uyma-uy yurib o‘rgandi

30.11.2022, 15:29

Deputat mahalla aholisining muammolarini uyma-uy yurib o‘rgandi

Oliy  Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ravshan Mamutov o‘zi saylangan hudud To‘rtko‘l tumani “Sho‘roxon” OFY da o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. 

Unda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i  A.Atajanov, hokim yordamchisi, mahalla raislari, profilaktika inspektori va mutasaddi tashkilot vakillari qatnashdi. 

Uchrashuvda xalq vakili Prezidentning “2022-2023 yillarda  mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Sho‘raxon” ovulida olib borishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarini tingladi.

Deputat uchrashuvi  davomida bir nechta xonadonlara kirib, ularning muammolarini o‘rgandi. Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiladigan fuqaro Gulbahor Bekdurdiyeva uy joy olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Hozirgi kunda vaqtincha ijarada turganligini aytib qish mavsumini o‘tkazib olishda  ko‘mir olishda ham yordam so‘radi. Tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i A.Atajanov ushbu muammoni o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilinishini bildirdi.

Xalq vakilining uchrashuvlari joylarda davom etmoqda.      

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+