O’qituvchi kasbi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lmoqda

07.04.2023, 16:32

O’qituvchi kasbi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lmoqda

Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha referendum tashviqoti yuzasidan Xo‘jayli tumanidagi 16-, 17-sonli umumta’lim maktablarida  tashviqot tadbirlari tashkil qilindi. 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muxtor Ibragimov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, muallim va ustozlarning qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratilayotgani xususida fikr mulohazalarini bildirdilar.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan mazkur norma davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktablar va o‘qituvchilar faoliyatiga asossiz aralashuvga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishga, o‘qituvchilar huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rishga xizmat qiladi.  Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 685 mingdan ortiq o‘qituvchilarni davlat tomonidan professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirilishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari referendum bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    187
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+