Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda

07.04.2023, 16:33

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda

O'zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi tomonidan Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum tashviqoti  yuzasidan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. 

Unda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarga  Yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilayotgan o‘zgarish va normalar bo‘yicha  tushunchalar berib o‘tdi. Xususan, xotin-qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda. Unga ko‘ra Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.

Bugun O’zbekistonda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib,  sohaga  oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatda xotin-qizlarning ta’lim olishlari, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish davlatning alohida vazifasiga aylandi. Natijada, birgina 2022 yilda oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 49,9 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha esa, ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lmoqda. Ya’ni davlat har jabhada erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash kafolatini olmoqda. Gender tengligi prinsiplarni Konstitutsiyada belgilash davlat tomonidan ayollarga bo‘lgan alohida e’tiborni ko‘rsatish bilan bir qatorda ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi rolini oshirib, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur o‘zgartirish xalqaro me’yor va standartlarga to‘liq mos keladi hamda O’zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishga imkon beradi.

Uchrashuv davomida  Vatanimiz ravnaqi va farzandlarimiz kelajagini belgilab beruvchi ushbu muhim siyosiy tadbir  30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumga faol ishtirok etish barchaning fuqarolik burchi ekanligi aytib o‘tildi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot  xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    212
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+