Klaster tizimidagi imkoniyatlar yanada kengayadi

22.08.2023, 11:01

Klaster tizimidagi imkoniyatlar yanada kengayadi

O’tgan 2022 yilda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida soha xodimlari tomonidan Davlatimiz rahbariga bildirilgan ko‘plab takliflar asosida mamlakatimizdagi ushbu soha mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘linganligi, ularning har biri bilan indevidual ishlash tizimi yaratilganligi ayni muddao bo‘ldi.

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan bu yilgi ochiq muloqotida ishtirok etar ekanman, navbatdagi ustuvor vazifalar ijrosi, ayniqsa klaster tizimidagi ishlab chiqarish sub’ektlarini rivojlantirishda davr talablaridan kelib chiqqan holda jiddiy yondoshilishi zarurligini aniq his etdim. Chindan ham bugungi kunda mahsulotlar tashqi bozorlarda sifati, talabgorligi, yuqori raqobatbardosh bo‘lishi uchun ishlab chiqarishni mutlaqo yangi tizimga olib chiqib, keskin o‘sish qilish talab etilmoqda. “Yangi O’zbekiston-raqobatdardosh mahsulotlar yurti” dasturi joriy yilda ham davom ettirilishining asosiy boisi ham ana shunda. Qolaversa buni hayotning o‘zi taqozo etayapti. E’tiborlisi, tadbirkorlar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. O’tgan bir yil ichida kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘paydi. O’rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, jami 10 mingtaga yetdi. Yirik korxonalar sonining bir yil ichida 400 taga ko‘payib, endilikda 1,5 ming tani tashkil etmoqda. Viloyatimizda ham bunday o‘sish ko‘rsatkichlarini kuzatsa bo‘ladi.

So‘nggi yillarda turli sohalarda jumladan, sanoat korxonalarida klaster tizimining joriy etilganligi va buning samarasini Buxoro viloyati misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. “Buxoro agro klaster” MChJga qarashli 40 dan ortiq sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 6,2 mln dollar investitsiya evaziga qarovsiz maydonga barpo etilgan zamonaviy majmuaga Italiya va Rossiyadan keltirib o‘rnatilgan asbob-uskunalar tufayli bugungi kunda yiliga jami 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. 150 nafar aholi bandligi ta’minlangan. Ish ko‘lami va daromadning ortishi esa klaster faoliyatining yanada kengaytirishga xizmat qilyapti.

Klaster tizimi qishloq xo‘jaligida ham o‘z samarasini berib turibdi. Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda shu munosabat bilan yurtimizda klasterlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish, klasterlarning aylanma mablag‘lari uchun 1,5 yil muddatga 3 trln so‘m kredit ajratilishi ma’lum qilinganligi tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun navbatdagi yangilik bo‘ldi.

Amaldagi qonunchilikka investitsiya xavfsizligi bo‘yicha yangi normalarning kiritilayotganligi ham soha xodimlari alohida mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Bir so‘z bilan aytganda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bu yilgi muloqoti, jami 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar bizni xalqimiz baxt-saodati, el-yurtimiz ma’murchiligi yo‘lida butun kuch, bilim va mahoratimizni ishga solgan holda faoliyat olib borishga da’vat etadi.

Azamat SULTONOV,

"Buxoro agroklaster" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori,

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi,  O’zLiDePfaoli

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    115
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+