Tadbirkorlikning chinakam erkinlik davri

22.08.2023, 11:04

Tadbirkorlikning chinakam erkinlik davri

Bugun tadbirkorlik qilaman degan yoshlar uchun barcha eshiklar ochiq. Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan kichik biznesni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida qulay muhit yaratilgan. Kichik tadbirkorlarning “oyoqqa turib olishi” va faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar joriy qilinishi buning yaqqol isbotidir.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi ochiq muloqotida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil aytib o‘tildi. Endilikda yoshlar va xotin-qizlarni  tadbirkorlikka o‘qitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish bo‘yicha yaxlit eko-tizim yaratiladi.  “Qishloq qurilish bank”  “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantirilib, mazkur moliya muassasasining ishlash uslubi, moliyalashtirish mexanizmlari butunlay yangicha tashkil etiladi. Respublikamizning har bir hududida tashkil etiladigan 14 kichik biznes markazlari tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, o‘z hisobidan yangi loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni o‘qitadi, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qiladi, tadbirkorlar uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Hududlardagi kichik biznes markazlarida o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

 Kichik biznes markazlari ko‘magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari o‘rnatilib, yangi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotini realizatsiya qilishga markazlar yordam beradi.

Kichik biznes markazlari ko‘magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari o‘rnatiladi. Bunda yangi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotini realizatsiya qilishga markazlar yordam beradi.

Markaz bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar soddalashgan tartibda belgilanadi. Bank ham, markaz ham yangi loyiha daromad keltirib, tadbirkor faoliyati rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi uchun yangi kichik biznes loyihasi ishga tushgach, ikki yil davomida ulardan tushadigan barcha soliqlar Ya’ni, tadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi. Ushbu tashabbuslardan bir yil ichida kamida 150 mingta kichik biznes sub’ektlarini “oyoqqa turg‘izish”, kamida 25 mingtasini o‘rta korxonalarga aylantirish, sohada 250 ming yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.

Yangi O’zbekistonimizda boshlangan tadbirkorlikning chinakam erkinlik, oltin  davri keyingi olti yarim yilda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarning mantiqiy davomi, deb bilaman. Olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida yurtimizda tadbirkorlar soni kun sayin ko‘payib, tadbirkorlik sub’ektlarida ish bilan band bo‘lganlar soni keskin oshishiga ishonaman. Chunki soliq tizimini soddalashtirishi va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalar oshirilmasligi qat’iy kafolatlanishi  yurtimizdagi barcha tadbirkorlarimizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab,  g‘ayratini ming chandon oshirdi.

Yangi O’zbekistondagi hayotiy islohotlarni jadal sur’atda davom ettirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish uchun birinchi galda tadbirkorlikni rivojlantirish zarur ekanligi, davlatimiz rahbari bilan muloqotda tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan beshta asosiy yo‘nalishning alohida e’tirof etilishi va maqbul yechimlarining ko‘rsatib berilishi bandlik va farovonlikni oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar yaqin kunlarda o‘z samarasini berishiga umid bag‘ishlaydi.   

Nargiza SALOMOVA,

Yakkabog‘ tumanidagi

“Sitora imkon plyus” NTM  rahbari,

tuman kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+