Turizm, savdo va servis sohalarida “Xizmatlar ipotekasi” tizimi joriy etiladi

22.08.2023, 11:19

Turizm, savdo va servis sohalarida “Xizmatlar ipotekasi” tizimi joriy etiladi

4,5 soat davom etgan bu yilgi muloqot Preidentimiz bilan yuzma-yuz o‘tkazilgan uchrashuvda hozir bo‘lgan barcha tadbirkorlar qatori menda ham juda katta taassurot qoldirdi. Ular ishning ko‘zini biladigan biznes doiralari vakillari timsolida hech mubolag‘asiz, yangi O’zbekistonni ko‘rgandek bo‘ldilar. Tadbirkorlikning endilikda taraqqiyot lokomotiviga aylanib borayotganligiga qat’iy ishonch hosil qildilar. Bu yilgi tadbirkorlar kuniga o‘ziga xos joziba baxsh etgan ochiq muloqot ushbu sohaning yil sayin takomillashib, ravnaq topib borayotganligining tom ma’nodagi isboti bo‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohaga ko‘rsatilayotgan cheksiz g‘amxo‘rlik, yurtimizdagi oqilona siyosat o‘z natijadorligi balan ko‘pchilik taraqqiy etgan davlatlar sarmoyadorlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ochiq muloqotda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslar xususan, sohani rivojlantirishga qaratilgan 5 ta bosqich zamirida tadbirkorlarimiz uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalar mujassam ekanligini har birimiz ko‘rib turibmiz. Ustuvor vazifalar davlatimiz rahbari tomonidan shunchaki belgilab berilgani yo‘q. Balki, ishlab chiqarishning moliyaviy resurslari ham aniq ravshan ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, muloqotda tilga olib o‘tilgan tadbirkorlik jamg‘armasi tomonidan turizm, savdo va servis sohalarida “Xizmatlar ipotekasi” tizimi joriy etilishi, endilikda mehmonxona, restoran, savdo kompleksi,  avtoturargoh, yoqilg‘i shaxobchasi, kemping kabi ob’ektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etilishini ham soha xodimlari mamnuniyat bilan kutib oldilar. Shuningdek, jamg‘arma hisobidan tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish ob’ekti uchun yer sotib olish, bino- inshootlar qurish va aylanma mablag‘i uchun ham resurs ajratilishi ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borish istagida bo‘lgan hamkasblarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Tumanimizning “Baraka” MFYga qarashli hududida tashkil etilgan ekomaskanda ham shundan keyin bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. G’ijduvondagi “Ko‘kcha oltin muyna” MChJ tomonidan ekologik turizmning ushbu maskanda yo‘lga qo‘yilganligi buning uchun esa cho‘l hududida 75 gektar yer ajratilganligi istiqboldagi reja-vazifalar ijrosini amalga oshirish imkonini beradi. Xususan, eko va gastronomik turizmnini yanada rivojlantirishga olib keladi. Bugungi kunda bu yerda 33 gektar ochiq yer maydonida bir mlrd so‘m hamda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi USAIDning 31 ming AQSh dollari evaziga barpo etilgan ekomaskanda 40 ming tupga yaqin turli ko‘chatlar parvarish qilinmoqda. Dam oluvchilar uchun yurtalar o‘rnatilib, tegishli sharoitlar yaratilgan. Kelgusida esa mahalliy va xorijiy mehmonlar 5 gektardan iborat suv havzasidan baliq ovlashlari ot va tuyalarda sayr etishlari mumkin bo‘ladi. Ekoturizm mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini va ushbu faoliyat turidan yaxshigina daromad olishi bilan e’tiborga sazovordir.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida tadbirkorlarimizning aynan shu yo‘nalishdagi faoliyatlari to‘la qo‘llab-quvvatlanganligi meni ham yangi marralar sari undab turibdi. Muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar va ularning amaliy ijrosidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad tadbirkorlikning barcha bosqichlaridagi sub’ektlarini xususan, yirik korxonalarni yanada taraqqiy ettirishga salmoqli hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Iqlima Jo‘rayeva,

  G’ijduvondagi «Firdavs O’ktam Amon omadi» MChJ rahbari,

“Shuhrat” medali sohibasi,  O'zLiDeP faoli

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    87
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+