Partiya ishchi guruhi: Buxoroda tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi

18.10.2023, 16:44

Partiya ishchi guruhi: Buxoroda tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar shakllantirildi. Unga muvofiq, bir qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Ishchi guruh vakillari Buxoro viloyatida bo‘lib, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish hamda Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Ibragimova Buxoro shahridagi oilaviy poliklinikalar, tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rgandi, onalar va bolalar o‘limini keskin qisqartirish, bu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

Joylardagi mavjud muammolar aniqlanib, ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+