Aholi salomatligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

26.10.2023, 17:11

Aholi salomatligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar shakllantirildi. Unga muvofiq, bir qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Ishchi guruh vakillari Farg‘ona viloyatida “O’zbekiston - 2030” strategiyasining Aholi salomatligini ta’minlash yo‘nalishida belgilangan barcha maqsadlarning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib boryapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Ibragimova Buvayda tumanidagi ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O’rganishlar davomida bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish, onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shifokorlar va aholi vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning takliflari va fikrlarini tingladi.

Xalq vakili o‘rganishlari davomida mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha tuman mutasaddi rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Buvayda tumanidagi “Urganji” MFY aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Poliklinikaning malakali shifokorlari tomonidan onalar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan fuqarolarga zaruriy davolanish borasida maslahatlar berildi.

  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+