Tajribali tadbirkorlar navoiylik yoshlarga biznesda erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi

25.01.2024, 14:27

Tajribali tadbirkorlar navoiylik yoshlarga biznesda erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi

 O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi hamkor tashkilotlar ishtirokida  Navoiy davlat pedagogika institutida "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati A.To‘legenova, O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi apparat rahbari M.Eshniyozov, “Chados-2019” MChJ rahbari L.Husanova, tuman-shahar Kengashi deputatlari, partiya faollari hamda institut talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.To‘legenova,  avvlo, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar biznes vakillari, shu jumladan yosh tadbirkorlar uchun huquqiy asos bo‘layotganini, bir qator yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganini takidladi.

 Yoshlar bilan ishlash, ularning intilish va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda viloyatimizning yirik tadbirkor, hunarmandlari va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka faol jalb etish, munosib ish topishlariga ko‘maklashish borasida kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilgan. Jumladan,  “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” tomonidan bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. Shu o‘quv kurslarida o‘qib, beriladigan past foizli kreditlar va subsidiyalardan unumli foydalangan holda o‘zlari qiziqqan tadbirkorlik sohasini boshlashlari mumkin”, - dedi yosh tadbirkor Mahliyo Rahmonova.

Mazkur uchrashuvda tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik va hunarmandchilikka faol jalb qilish uchun master klasslar o‘tab berildi.

Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlik sub’ektlari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida yoshlar va xotin-qizlarga motivatsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda talaba yoshlar tomonidan berilgan qiziqarli savollar va ularning javoblari bilan yuqori kayfiyatda o‘tdi.

  • Ko'rildi
    61
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+