Uchqo‘rg‘onlik yoshlardan umidimiz katta

01.02.2024, 12:26

Uchqo‘rg‘onlik yoshlardan umidimiz katta

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator qonun va qarorlar qabul qilingan. Ular uchun har tomonlama sharoitlar  yaratilgan. Buning oddiy isboti yangi yilimizning nomlanishida ham o‘z aksini topganida.

Birgina misol, o‘tgan yilda yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so‘m kredit mablag‘i ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushdi, 325 mingta ish o‘rni yaratildi.  3 ming gektar ekin maydonini ajratib berish evaziga 435 ming yoshlar bandligi ta’minlandi. 32 mingdan ziyod yigit-qizlarga subsidiya ajratilib, ularga asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilindi. 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, uch toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi belgilab qo‘yildi.

Partiya Namangan viloyat kengashi huzuridagi volontyorlar klubida ham mingga yaqin yosh turli tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Qator loyihalar taqdimotlari va  turli  tadbirlarimiz tufayli safimiz kundan kunga kengayib bormoqda. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da uchqo‘rg‘onlik yoshlardan yangi-yangi tashabbus, takliflar kutyapmiz.

Ahmadjon MUXTORJONOV,

O’zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi raisining

yoshlar masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+