Toshkent shahri

05.10.2022, 17:17
Xalq vakili ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatdi
Bugun xalq vakillari o‘z saylovchilari ishonchini qozonish, murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, shu bilan birga saxovat va ...
28.09.2022, 16:34
Poytaxtning10 nafar mahalla yoshlar yetakchilari O`zLiDeP safiga qo‘shildi
Barchamiz bilamizki, O’zbekistonning qariyb 60 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi. Shuni e’tiborga olgan holda yurtimizda olib ...
21.09.2022, 11:47
Talabalar orasidan kadrlar zaxirasi shakllantiriloqda
O`zLiDeP Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashlari tomonidan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filliali bilan ...
20.09.2022, 16:09
Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O’zLiDeP faoli Shavkat Kurbanbayev tashabbusi bilan “Uch qahramon” MFY aholisi ...
19.09.2022, 17:30
Samarqand sammiti azaliy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti dunyo hamjamiyati nigohida bo‘ldi.Sammit kun tartibiga muvofiq ...
15.09.2022, 16:08
O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda O'zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi ...
15.09.2022, 12:32
Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ...
13.09.2022, 16:10
Deputat ikki nafar ishsiz yoshlarga tadbirkorlik qilishlari uchun ko‘maklashdi
Bugun deputatlar o‘z saylovchilar muammolarini o‘rganib, ularning yechimiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Deputatga qilingan har ...
25.08.2022, 17:01
Deputat yosh avlodni tarbiyalashda fidoiylik ko‘rsatgan o‘qituvchilarga sovg‘alar ulashdi
Toshkent shahar Bektemir tumani “Madaniyat markazi”da 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan tumandagi ...
25.08.2022, 17:00
Shahar va tuman deputatlarining hamkorlikda o‘tkazgan sayyor qabuli natijadorligi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, senator Shavkat Ayupov hamda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz