Qoraqalpog'iston Respublikasi











Turmanov Sag'indiq Turganbayevich
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi
Turmanov Sag‘indiq Turg‘anbayevich 1982 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
2002-2003 yillarda 256-sonli o‘rta maktabda, 2003-2007 yillarda Qo‘ng‘irot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida, 2007-2008 yillarda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qo‘ng‘irot tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi, 2008-2011 yillarda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qo‘ng‘irot tumani Kengashi raisi, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2012-2013 yillarda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar harkati Qo‘ng‘irot tuman Kengashi raisi, 2013-2014 yillarda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda Tadbirkorlar va ishbilormanlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2015 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylangan.
2015 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qununiylik, sud huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasi raisi.
2015 yildan buyon O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Manzil: Nukus shahri, Ernazar Olako‘z ko‘chasi, 56-uy.
Telefon: 0-361 - 224-04-12
Elektron pochta: qr@uzlidep.uz