Toshkent shahri

24.08.2023, 14:54
Xalq vakillarining faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining nvbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O`zLiDeP ...
03.08.2023, 09:53
Bir mushtga aylansak…
Bugunga kelib O‘zLiDeP Yashnobod tuman kengashi tarkibida 10 856 nafar safdoshimizni birlashtirgan 138 ta boshlang‘ich partiya ...
21.07.2023, 11:45
Poytaxtning ishbilarmon ayollari aniqlanmoqda
Toshkent shahrida “Ishbilarmon ayol - 2023” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.O’zLiDeP ...
19.07.2023, 10:05
Amaliy islohotlar odamlar qalbiga tez kirib boradi
Yangi O’zbekistonning mustahkam poydevorini barpo etishda “inson – jamiyat – davlat” va “Inson qadri uchun” ...
01.06.2023, 18:16
Odamlarni hayotidan rozi qilish maqsadlarimizning eng avvali bo‘lib qoladi
O‘zLiDePning XI s’ezdida partiyamizdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi to‘g‘risida ...
25.05.2023, 20:30
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya ...
19.05.2023, 16:41
Imzo to‘plash jarayonida poytaxtlik tadbirkorlar faollik ko‘rsatmoqda
Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida ...
16.05.2023, 16:46
Quyi bo‘g‘inlarning umumiy yig‘ilishlari davom etmoqda
Ma’lumki, shu yilning 9 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tadi. Ushbu ...
28.04.2023, 11:45
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
O‘zLiDeP Toshkent shahar  kengashining navbatdagi tadbiri Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marxamat” monomarkazida ...
28.04.2023, 11:38
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
O‘zLiDeP Toshkent shahar  kengashining navbatdagi tadbiri Sergeli tumanidagi “King garment textile” korxonasida bo‘lib ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz